2016 yilda butun dunyo e'tibori AQŞdagi saylov oldi poygasiga qaratildi. Deyarli barça taniqli insonlar bu voqega öz munosabatini bildirdi. Politico naşri dunyo yetakçilarining AQŞdagi prezidentlik saylovlariga munosabatini bir maqolaga jamlab, havola qildi:

1. Kristofer Peyn, Avstraliya mudofaa vaziri:

"Bu juda qörqinçli. Amerikada zöravonlikka aylanib ketayotgan namoyişlarni körib turibmiz. Sözsiz demokratiya kuçli bölişi kerak, biroq şafqatsiz emas. Fikrimça, Donald Trampning paydo bölişi — AQŞ uçun katta muammo, bu ularning demokratiyasini qisman juda ğalati körsatadi".

2. Zigmar Gabriel, Germaniya vitse-kansleri: 

"Donald Tramp, Marin Le Pen, Gert Vil­ders — bularning barçasi nafaqat dunyo va ijtimoiy birdamlikka, balki iqtisodiy taraqqiyotga ham tahdid soladi". 

3. Jastin Tryudo, Kanada boş vaziri Tramp ğalaba qozongan taqdirda amerikaliklar migratsiyasi imkoniyati haqida:

"Gap şundaki, Keyp-Breton (Yangi Şotlandiya şimoli-şarqidagi orol, Kanada) yilning barça mavsumlarida ajoyibdir. Agar insonlar öz qaraşlari foydasiga tanlovni amalga oşirişsa, Kanada eşiklari ular uçun doim oçiq böladi". 

4. Frank-Valter Ştaynmayyer, Germaniya taşqi işlar vaziri Trampning "Eng avvalo Amerika" (America First) tamoyili haqida: 

"Umid qilamanki, AQŞ saylov kampaniyasining a'zolari reallik hissini yöqotişmaydi. Dunyo xavfsizlik me'morçiligi özgardi, u endi ikki ustunga tayanmaydi. Uni bir tomonlama hal qilib bölmaydi". 

5. Turk ibn Feysal As-Saud, Saudiya Arabistoni şahzodasi va mamlakatning AQŞdagi sobiq elçisi, Trampning musulmonlarni kiritişni taqiqlaş taklifi haqida: 

"Amerika Qöşma Ştatlaridek davlat "Bu insonlarni mamlakatga qöymaymiz", deydigan kişini prezident sifatida tanlaşiga heç qaçon işonmayman". 

6. Ken'itiro Sasae, Yaponiyaning AQŞdagi elçisi: 

"Saylov oldi poygasi davomida AQŞning izolyatsion pozitsiyasi foydasini közlovçi sözlar yangradi. Men bunday Qöşma Ştatlarni körişni istamayman. Men faqatgina Amerika bilan çeklanib qolmaydigan, kuçli mamlakatni körişni xohlayman".