Kosovoning Gnilane şahrida yaşovçi Driton Selmani öz garajida noyob Lamborghini Reventon superkarining nusxasini yasadi. Bu haqda Gulf Headlines naşri ma'lum qildi. 

Selmani qimmatbaho maşinaning nusxasini yaratiş uçun bir yilga yaqin vaqt sarfladi. "Reventon" nusxasi Mitsubishi Eclipse kupesi negizida qurildi va Mitsubishi Galant’ning uç litrli 200 ot kuçiga ega V6 dvigateli bilan jihozlandi. 

Superkar kuzoviga Albaniya bayroğini bildiruvçi qizil-qora polosalar tuşirildi.  

Original Lamborghini Reventon 2008 yilda taqdim qilingan. Örta motorli superkar 6,65 litrli, 650 ot kuçiga ega, V12 dvigateli bilan jihozlangan. Reventon 100 km/soatga 3,4 soniyada erişa oladi, maksimal tezligi esa 340 km/soat ni taşkil qiladi. Superkardan bor-yöği 20 dona işlab çiqarilgan.