Iroqning Mösul şahridan janubda joylaşgan Hammam-al-Alil şahri hududidagi ta'lim muassasasi binosida IŞID jangarilari qurbonlarining ommaviy qabristoni topildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda. 

Iroqlik harbiylar 100 dan köproq boşsiz jasaddan iborat qabristonni 7 noyabrda jangarilardan ozod qilingan şahardagi qişloq xöjaligi akademiyasi binosida aniqlaşgan. Ma'lum qilinişiça, voqea joyiga ommaviy qotilliklarni tergov qiluvçi maxsus otryadlar jönatilgan.

"IŞID jangarilari tödalari xalqimizga qarşi jinoyatlar sodir etişni davom ettirmoqda", deb aytildi iroqlik harbiylar bayonotida.