Suriya sobiq prezidenti Başar Asad hukumati 2019 yildan 2021 yilgaça rejim jinoyatlarini yaşiriş uçun ön minglab jasadlarni ommaviy qabristondan boşqa joyga köçiriş böyiça maxfiy operatsiya ötkazdi, deb aniqladi Reuters agentligi öz suriştiruvida.

Qayd qilinişiça, ommaviy qabriston Damaşqning şimoli-şarqida joylaşgan Al-Qutayfa şahri hududida joylaşgan edi. U yerda 2012 yildan beri Suriyadagi fuqarolar uruşi davrida qamoqxonalar va harbiy hospitallarda vafot etgan askarlar va mahbuslar dafn etilgan. Reuters sun’iy yöldoşdan olingan suratlarda uzunligi 15 metrdan 160 metrgaça bölgan 16 ta dafn xandaqlarini aniqladi.

Suriya Respublika gvardiyasi sobiq zobitining agentlikka aytişiça, 2018 yil oxirida jasadlarni köçiriş ğoyasi paydo bölgan. Bu bilan bir neça yil davomida şafqatsizlik va ommaviy qatağonlarda ayblangan Asad (garçi qamoqxonalar va qabrlarga mustaqil kiriş imkoni bölmasa-da) dunyodagi obrösini tiklaşga umid qilgan.

2019 yil fevral oyidan 2021 yil apreligaça deyarli har hafta olti-sakkizta yuk maşinasi Al-Kutayfadagi qabrdan bir neça ön kilometr uzoqlikdagi Dumeyr şahri yaqinidagi çölda joylaşgan yangi joyga jasadlarni olib ketgan. U yerda Reuters sun’iy yöldoş tasvirlarida uzunligi 20 dan 125 metrgaça bölgan kamida 34 ta tranşeyani kördi. Dalillar va ölçamlar u yerda ön minglab odamlar dafn etilgan bölişi mumkinligini taxmin qilişga imkon beradi.

Ikki yuk maşinasi haydovçisi va sobiq ofitser sözlariga köra, taşişdan maqsad Al-Qutayfadagi ommaviy qabristonni tozalaş va ommaviy qotillik dalillarini yaşiriş bölgan. Asad rejimi qulagan paytda Al-Qutayfadagi barça 16 ta tranşeya jasadlardan tozalangan.

Suriya sobiq prezidenti Başar Asad

Suriya inson huquqlari taşkilotlarining fikriça, Asad tuzumi davrida 160 mingdan ortiq kişi bedarak yöqolgan, ular önlab ommaviy qabrlarga dafn etilgan. Reuters agentligi Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a hukumatiga suriştiruv natijalari haqida ma’lum qildi. Hukumat agentlik savollariga javob bermadi.

Suriyada Başar Asad rejimi 2024 yil 8 dekabrda, muxolifat kuçlari Damaşqqa kirib, hukumatni ağdarganini e’lon qilganida quladi. Asadning özi Rossiyada yaşiringan va ba’zi ma’lumotlarga köra, oilasi bilan Moskvada yaşaydi. Suriyaning yangi hukumati Başar Asadni sud qiliş maqsadida topşiriş böyiça Rossiyaga murojaat etgan, ammo rad javobini olgan.