Şri-Lankadagi Mannar şahrida quriliş vaqtida 100 dan köproq odamning suyaklari bölgan ommaviy qabrga duç kelindi. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, odam suyaklari hanuzgaça har kun topilmoqda. 

Qabr quriliş vaqtida aniqlangan: işçilar bino poydevori uçun çuqur qaziyotganlarida inson suyaklariga duç kelişgan. Suyaklar 3 metr çuqurlikda bölgan. Mutaxassislar suyaklar yer ostida qança uzoq vaqt yotgani va qabrga qança odam kömilganini aniqlaş uçun ekspertiza ötkazişadi.   

“Biz 101 kişining suyaklarini topdik”, deb aytgan arxeologlardan biri. Ta'kidlanişiça, qabrning hali yarmiga tegilmagan.

Qabr fuqarolik uruşi vaqtida paydo bölgani taxmin qilinmoqda. Jangovar harakatlar töxtaşlar bilan 26 yil davom etgan. Şri-Lanka hukumati va musulmon tamillar örtasidagi uruş 1983 yilda boşlanib, 2009 yildagina yakun topgan. “Tamil-Ilamni ozod qiliş yölbarslari” mustaqil davlat taşkil etiş uçun hukumat bilan kuraş olib borgan.

Turli ma'lumotlarga köra, uruş vaqtida 100 ming kişi halok bölgan. Britan naşrining ta'kidlaşiça, 20 mingga yaqin odam bedarak yöqolgan deb hisoblanadi.

Şri-Lanka orolining aksariyat aholisi, ya'ni 75 foizdan köproği buddaviylar hisoblanadi. Musulmonlar esa 21 mlnlik aholining 9 foizga yaqinini taşkil qiladi.