AQŞ prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzod bölmiş Hillari Klinton Nyu-York ştatida respublikaçilar vakili Donald Trampni ortda qoldirdi.
Qayd etiş kerakki, bu ştat milliarderning ona şahri hisoblanadi va bu ştatda uning imkoniyatlari yuqori edi.
NBC News telekanali saytida ma'lum qilinişiça, Klinton 2000-yillarda bu ştat senatori bölgani uning muddatidan oldin ğalaba qozonişini ta'minladi.
Ovozlarning 20 foizi hisoblangan vaqtda, Klinton 77 foizga 21 foiz nisbatida oldinda bormoqda edi.
Şu bilan birga Klinton Manxetten va Bruklin kabi asosiy okruglarda mutlaq ustunlikka ega bölgan. Trampga uning özi tuğilgan Kvinse okrugi aholisi ham ovoz bermadi.
Nyu-York ştati ğolibga 29 saylovçi ovozini beradi. Bu saylov natijalarini hal qilişi kutilayotgan Floridadagi bilan teng. Hozirça Floridada Tramp ustunlik qilmoqda. Respublikaçilar nomzodi eng köp saylovçilar soniga ega Texas ştatida ham (38 saylovçi) ğolib kelişi kutilmoqda.












