Ukraina Odessa viloyati gubernatorligidan iste'fo bergan Mixail Saakaşvilining bayonot berişiça, u AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp bilan uzoq vaqtdan beri yaxşi taniş. Saakaşvili uning ğalabasini taxmin qilganini ta'kidlagan.

"Men u bilan 20 yildan ortiq vaqtdan beri döstmiz. Men uning ğalabasini ehtiyotlik bilan aytganman", - deb yozgan Gruziyaning sobiq prezidenti Facebook tarmoğidagi sahifasida.

Uning sözlariga köra, Tramp - "kuçli şaxs va uning nima qilmoqçi ekanini bilib bölmaydi". "Biz avvalgidan ham ehtiyotkorroq va jipslaşgan bölişimiz kerak", - deya fikr bildirgan Mixail Saakaşvili. 

U, şuningdek, Tramp 2012 yilda Gruziyaga taşrifi çoğida Saakaşvilini olqişlaganini ham yodga olgan. 

«Yirik mamlakatlar yetakçilari Saakaşvilidan örganiş uçun Gruziyaga kelişmoqda. U jahon yetakçilarining eng yaxşilaridan biridir, Gruziya uning rahbarligida gullab-yaşnamoqda» - degan Donald Tramp Tbilisi va Batumi şaharlariga qilgan safarida.