Jinoyatçilar tomonidan Telegram messenjerini qöllab, 5 ming rubl miqdorida pul talab qilinadigan birinçi zararli dastur aniqlandi. Bu haqda antivirus dasturlari yaratiş bilan şuğullanuvçi "Laboratoriya Kasperskogo" kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Zararli dastur matnli va grafik fayllarni şifrlaydi. U Telegram boti hisoblanadi. Dastur yaratuvçilari messenjer servislaridan botni identifikatsiya qiliş uçun unikal token (foydalanuvçini avtorizatsiya qiliş, elektron yozişmalarni himoyalaş, axborot resurslariga masofadan xavfsiz kiriş va şaxsiy ma'lumotlarni işonçli saqlaşga xizmat qiluvçi) olişdi va uni dasturga kiritişdi.
Natijada dastur messenjerning ommaviy API’sini qöllab, jinoyatçilar bilan aloqani qöllab-quvvatlaşi mumkin. Misol uçun, dastur kiberjinoyatçilarni kompyuter zararlangani haqida xabardor qiliş uçun berilgan raqamli çatga xabar yuboradi.
"Agar siz bu dasturning qurboniga aylangan bölsangiz, sizdan jinoyatçilarga pul tölamaslikni söraymiz", deb aytdi kompaniya xodimi Fedor Sinitsin.












