AQŞ prezidentligi uçun kuraşayotgan respublikaçilar nomzodi Donald Tramp mamlakatning 30ta ştatida raqibini ortda qoldirmoqda. Mahalliy OAV ovoz byulletenlarini sanaşga oid dastlabki natijalariga tayangan holda şunday xabar qilmoqda. 

Endilikda, Tramp raqiblaridan heç biri Kentukki, Indiana, Ğarbiy Virjiniya, Janubiy Karolina, Arkanzas va Florida hamda Ohayo ştatlarida uni quvib yeta olmaydi. 

Nomzodning ğalaba qozonişi uçun 270 nafar saylovçiga ega bölişi kerak. Har bir ştatdagi saylovçilar soni uşbu ştatdagi Vakillar palatasi va senatorlarning umumiy soniga teng. Şu bilan Saylovçilar kollegiyasi 538 kişidan iborat.