AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar nomzodi Donald Tramp kutilmaganda odatda demokratlarga yonbosuvçi Pensilvaniya ştatida raqibi Hillari Klintondan özib ketdi.
AQŞ mahalliy saylov qömitasi ma'lumotlariga köra, 98 foizdan ortiq ovoz byulletenlari sanalganidan keyin ma'lum bölişiça, Trampga 48,7 foiz saylovçi ovoz bergan, Klintonga – 47,74 foiz fuqaro işonç bildirgan.
Agar Tramp Pensilvaniyada ğalaba qozongudek bölsa, bu avvalgi ğalabalari bilan birga prezidentlik saylovida ğolib çiqişiga hissa qöşadi.
20 nafar saylovçini taqdim etuvçi Pensilvaniya ştati saylov natijalariga sezilarli ta'sir körsata oladigan bir neça ştatlardan biri hisoblanadi. Ta'kidlanişiça, Tramp uçun bu ştatda ğalaba qozonişi suv va havodek zarur edi. Garçi nomzodlarning Pensilvaniyadagi kuraşi doimo keskin ruhda ötganiga qaramay, ştat 1992 yildan beri Demokratik partiya nomzodini qöllab-quvvatlab keladi. AQŞ şimoli-şarqidagi ştatda 12,7 million kişi istiqomat qiladi. Filadelfiya va Pittsburg ştatning yirik şaharlaridir.












