AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning öğli Erik Tramp internetda prezidentlik saylovlarining öziga tegişli ovoz beriş byulleteni suratini joylaştirdi. U şu tariqa bunday suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirişni taqiqlovçi Nyu-York ştati saylov huquqini buzdi va endi katta jarimaga tortilişi mumkin.
Erik Tramp öz ovozini otasiga berganini köriş mumkin bölgan surat tvitterda joylaştirildi. U bu suratga "Öz otangga ovoz beriş naqadar şaraflidir! U AQŞ uçun juda katta işni qildi", deb izoh qoldirdi.
Biroq keyinroq Erik suratni öçirib taşlagan, biroq surat internetda tarqalib ulgurgan, deb yozmoqda The Hill naşri.












