BMT boş kotibi Pan Gi Mun Donald Trampni AQŞ prezidentligi saylovlaridagi ğalaba bilan tabrikladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men janob Donald Trampni AQŞning 45-prezidenti bölgani bilan tabriklayman", deb aytdi Pan Gi Mun. Uning aytişiça, BMTda AQŞning yangi ma'muriyati iqlimni özgartiriş, inson huquqlari mustahkamlanişi va dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari böyiça xalqaro hamkorlikni kuçaytirişiga umid qilinmoqda.
"Zamonaviy muammolar kelişilgan global harakatlar va birgalikdagi yeçimlarni talab qiladi. BMTga asos solgan davlatlardan biri va BMT Xavfsizlik kengaşi doimiy a'zosi bölgan AQŞ xalqaro sahnada muhim iştirokçi hisoblanadi", deb aytib ötdi BMT boş kotibi.
BMT boş kotibi şuningdek Xillari Klintonga "tinçlik, ayollar huquqini ilgari suriş va bolalar farovonligi ğoyalariga" sodiqligi uçun minnatdorçilik bildirdi.












