Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Donald Trampga qo‘ng‘iroq qildi va uni AQShning 45-prezidenti bo‘lgani bilan qutladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Turkiya rahbari ma'muriyatidagi manba bergan ma'lumotga ko‘ra, Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda Trampning Oq uy rahbarligidagi faoliyati muvaffaqiyatli kechishiga umid bildirgan.
Turkiya prezidenti Turkiya va AQSh ittifoqchilar sanalishiga urg‘u qaratgan. U ikki mamlakat munosabatlari o‘zaro hurmat, umumiy manfaatlar va umumiy qadriyatlar asosida qurilganini ta'kidlagan.
Qayd etilishicha, muloqot ijobiy muhitda bo‘lib o‘tgan. Erdo‘g‘an va Tramp terrorizmga qarshi kurash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi boshqa mavzularda gaplashishgan.
Bundan oldinroq Erdo‘g‘an Donald Trampning AQSh prezidentligiga saylanishi Amerikada yangi davr boshlab berishi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025