Filippinning sökonğiç prezidenti Rodrigo Duterte AQŞ prezidenti saylovida ğolib çiqqan Donald Tramp va özi örtasida öxşaşlik borligini qayd etdi.
Filippinliklar yetakçisining aytişiça, u va Tramp ba'zi masalalarga bir xil yondaşadi.
«Biz ikkimiz ham sökinişni yoqtiramiz. Biron pastkaşlikni kördikmi, biz darhol sökişga tuşamiz. Biz bir xilmiz», — deya Dutertening sözlarini keltirgan CNN.
Rodrigo Duterte amerikaliklarning hozirgi prezidenti Barak Obamani haqoratlab sökonğiç prezident sifatida maşhurlaşgandi. Keyin u boşqa siyosatçilar va atoqli arboblar haqida ham xunuk sözlar aytdi. Keyinroq Duterte xudoga sökinişni bas qilişga va'da berganini aytdi.

















