Xitoyning 14ta şahridan bölgan pensionerlar mamlakat aholisi soğligi va farovon turmuş tarziga jamoatçilik e'tiborini qaratiş uçun Çuntsin şahrida keng miqyosli tadbir ötkazdi. The Daily Mail naşrining xabar berişiça, bu aksiya şahar maydonlarida ommaviy sinxron raqsga tuşiş orqali taşkil etilgan.
Jami bölib uşbu tadbirda 50 ming kişi iştirok etgan va bir vaqtda raqs tuşuvçilar soni böyiça dunyo rekordi örnatilgan.
Qolaversa, tadbir iştirokçilari maydonlarga bir xil rangdagi liboslarda çiqib kelişgan. Suratlardan köriş mumkinki, tadbirlarda asosan ayol kişilar iştirok etgan.





















