AQŞning yangi birinçi xonimi Melanya Trampning bayonot berişiça, u internetdagi adolatsizlikka qarşi kuraşadi. Bu haqda, CNN telekanali xabar qilmoqda.

Uning birinçi xonim sifatidagi faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri, ayollar va bolalarga kömak berişdan taşqari, kiberbezorilikka qarşi kuraşiş ham böladi.
 
Ta'kidlanişiça, uning turmuş örtoği öz raqiblarining taşqi körinişlari va aqliy salohiyatlarini ijtimoiy tarmoqlarda bir neça marotaba masxara qilgan bir vaqtda, Melanya internetdagi pastkaşlikka barham beriş borasida va'da berib, «Amerika madaniyati qöpol va pastkaş» bölib qolganini ta'kidlagan.

«Bolalar bir-birini mazax qilib, qörqitişgani yaxşi emas. Bu kabi voqealar bolalar maydonçasida bölayotgani xavotirli bölsa, ularning internet uçun suratga ham olinişini qanday qabul qiliş mumkin? Biz bir-birimiz bilan muloqotning va bolalarimizdagi mehribonlikni qöllaşning boşqa samarali usullarini topişimiz kerak», — degan Melanya Pensilvaniya ştatida qilgan çiqişida. 

Telekanalga köra, birinçi xonimning faoliyati Donald Trampning muhojirlikka qarşi qattiq siyosatida muvozanatni tiklaşi mumkin. 

Melanya Trampning sözlariga köra, 2006 yilda AQŞ fuqaroligini olişi uning uçun «dunyodagi eng buyuk imtiyoz»dir. Sobiq model, milliyerderning rafiqasi 2017 yil 20 yanvaridan keyin AQŞ tarixida ikkinçi asli xorijlik birinçi xonimi böladi.