Argentina terma jamoasining Braziliyadan uçralgan mağlubiyati muxlislarning ğazabiga sabab böldi. 

Mahalliy matbuot bergan xabarlarga köra, muxlislar buning uçun jamoa sardori Lionel Messini ayblaşmoqda. Muxlislar agar jamoa boş murabbiyi Edgardo Bausa keyinçalik ham uning döstlarini termaga çaqirişda davom etsa, Messining terma jamoadan ketişini talab qilib çiqişgan. 

Eslatib ötamiz, oldinroq Messi aynan mana şu kabi tanqidlar va Amerika Kubogi finalida uçralgan mağlubiyatdan keyin terma jamoadan ketişga qaror qilgandi. Köp ötmay yangi boş murabbiy uni termaga qaytişga köndirgandi.

Messi Braziliyadan uçralgan mağlubiyatdan xafa: Biz rasvo vaziyatga tuşib qoldik