10 noyabr kuni Facebook ijtimoiy tarmoği asosçisi Mark Tsukerberg Technonomy anjumanida çiqiş qilar ekan, AQŞ prezidentlik saylovida Donald Trampning ğalabasiga doir fikrlarini bildirdi. U foydalanuvçilarning yangiliklar tasmasida paydo bölgan soxta xabarlar Trampning ğalabasiga yordam bergani xususidagi da'volarga izoh bergan. Tsukerbergning fikriça, bularning barçasi «bölmagan gap», deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri.

Tsukerbergning aytişiça, amerikaliklar qalbaki xabarlar ta'sirida emas, özlarining xulosalaridan kelib çiqqan holda, ovoz berişgan. 

“Öylaşimça, Facebook tasmalaridagi soxta yangiliklarning saylovlarga ta'sir körsatganini ta'kidlaş bölmağur gapdir. Saylovçilar öz hayotiy tajribasidan kelib çiqqan holda ovoz berişgan”, - degan Mark Tsukerberg. 

Uning fikriça, odamlar Trampning ğalabasiga şu tarzda könikişga urinmoqdalar.