Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Egiluvchan Samsung smartfoni dizayni haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi
Internet tarmog‘ida Samsung kompaniyasining egiluvchan ekranli smartfoni ko‘rinishiga oydinlik kirituvchi suratlar keng tarqaldi. Telefon Samsung Galaxy X yoki Project Valley nomlari bilan ro‘yxatga olingan, deb yozmoqda International Business Times.
Hujjatlarga ko‘ra, telefonning oshiq-moshig‘i korpusning markazidan o‘tadi. Uning tuzilishi esa Microsoft Surface Book noutbugini yodga soladi. Patentda yozilishicha, Galaxy X telefoniga yordamchi ekran ham o‘rnatiladi. U telefon yig‘ilgan vaqtda faol holatda bo‘ladi.

Yig‘iluvchi displey sabab, telefon ekrani oldpanelning katta qismini egallaydi. Uning diagonali 5,1 yoki 5,7 dyuymni tashkil etadi. Ekran tasviri 4K o‘lchamda aks etadi, ammo tomonlarning o‘zaro nisbati nostandart bo‘ladi. Smartfon Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 3 gigabayt operativ xotira va MicroSD xotira kartasi uchun joyga ega bo‘lishi taxmin qilinayapti.

Galaxy X telefonining taqdimoti 2016 yil oxirida bo‘lishi belgilangan edi. Biroq, Galaxy Note 7 telefonlari bilan bog‘liq omadsizlikdan so‘ng, egiluvchan smartfonni 2017 yilda namoyish etishga qaror qilindi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026