Oq uyda AQŞ prezidenti Barak Obama va uning vorisi Donald Tramp örtasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
"Biz turli masalalarni muhokama qildik, ulardan ba'zilari ajoyib, biroq ba'zilari murakkab böldi. Men prezident bilan keyinçalik jumladan maslahatlaşiş uçun ham birga işlaymiz, deb umid qilaman", deb aytdi Tramp. U özining prezidentligi davomida Obamadan maslahat sörab turişini ta'kidlab ötdi.
Obama öz navbatida bu uçraşuvni "ajoyib" deb baholadi. Uning aytişiça, u Tramp bilan içki va taşqi siyosat masalalarini muhokama qilgan. Obama şuningdek Tramp ma'muriyati muvaffaqiyat qozonsa, unda bundan butun mamlakatga yaxşi bölişini aytdi.
"Men uçun bu ikki oydagi ustuvor vazifa hokimiyatni tinç topşiriş böladi. Men buni uddalaymiz deb işonaman. Biz uçun birga bölişimiz, birga işlaşimiz va qiyinçiliklarga javob berişimiz muhimdir", deb aytgan Obama.
Tramp va Obamaning uçraşuvi 1,5 soat davom etgan. Vaholanki uçraşuv dastlab 10-15 daqiqa bölişi rejalaştirilgandi.
Ta'kidlanişiça, ikki siyosatçi uçraşuvdan keyin bir-birlarining qöllarini siqib qöyişgan. Biroq amaldagi prezident va uning vorisi uçraşuvlari vaqtida Oq uyning janubiy ötloğida suratga tuşiş an'anasi bu gal buzildi: Obama suratga tuşiş marosimini bekor qilgan.












