Tailand taxti vorisi Maxa Vatçiralongkon Maxidol juma kuni xorij safarida Bangkokka qaytib keldi. Bu haqda mamlakat armiyasidagi manbaga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq şahzoda 1 dekabr kuni taxtga ötirişi mumkinligi haqida xabar qilingandi. Lekin oktabr oyida şahzoda şaxsiy işlari tufayli Germaniyaga jönab ketdi va uning marosimga tayyor bölişiga şubhalar paydo böldi.
"Oliy hazratlari bugun Germaniyadan Tailandga qaytib keldi va keçqurun qirollik piyoda polki iştirokidagi tadbirga taşrif buyurdi", deyilgan xabarda.
Agentlikka intervyu bergan ekspertlardan birining aytişiça, şahzodaning qaytişi taxtga çiqiş marosimiga tayyorgarlik köriş böyiça bildirilgan şubhalarni tarqatib yuboradi.












