YeXHT kuzatuvchilari Namanganda o‘z missiyasini boshladi

Namanganda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Diana Franka Ferrari va Sheyn Kyong An o‘z missiyasini boshladi.
Kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasining raisi Paxriddin Matkarimov bilan uchrashdi. Unda kuzatuvchilarmissiya saylovni baholashda YeXHT majburiyatlariga, demokratik saylov o‘tkazishning xalqaro standartlari va talablariga hamda milliy qonunchilikka tayanishini ta'kidladi.
Kuzatuvchilar saylov jarayonida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni, saylov ma'muriyati va mutasaddi tashkilotlar faoliyatini, qonunchilikka rioya qilinishini kuzatadi va saylovga tayyorgarlik, saylov kungi tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini monitoring qiladi.
– Men O‘zbekistondagi saylovlarda mazkur missiya kuzatuvchisi sifatida ikkinchi marta ishtirok etmoqdaman, – deydi Diana Franka Ferrari. – Avvalo, biz O‘zbekistondagi shunday muhim siyosiy tadbirda ishtirok etayotganimizdan mamnunligimizni, o‘zbek xalqining madaniyatiga chuqur hurmat bilan qarashimizni aytmoqchimiz. Har bir saylov alohida jarayon va bir-birini takrorlamaydi, shuning uchun ularni solishtirib bo‘lmaydi. Biz Namanganda saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishamiz, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashamiz.
Kuzatuvchilar okrug va uchastka saylov komissiyalarining tarkibi, faoliyati, Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti tadbirlari, ularga qonunchilik talablari asosida teng sharoitlar yaratib berish masalalari bilan qiziqdi. Kuzatuvchilarga viloyatda bu borada olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.
Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 10:17
-
Mers 30 kunlik otashkesim haqida: To‘p - Moskva tomonida
Jahon | 09:31
-
Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi
O‘zbekiston | 09:07
-
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi
Jahon | 08:58
Mavzuga oid

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

10:14 / 02.05.2025