Jahon | 16:18 / 12.11.2016
5699
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Britaniya xarajatlarni ko‘paytirishni so‘rab, NATOga murojaat qiladi

Foto: AFP

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon NATOga a'zo mamlakatlarga mudofaa xarajatlarini oshirishni so‘rab, murojaat qiladi. The Telegraph gazetasining o‘z manbalariga asoslangan holda yozishicha, u YeIning 14 noyabrdagi sammitida shu haqda so‘z yuritadi. 

Gazetaning yozishicha, Fellonning qarori, Donald Trampning AQSh prezidentligiga saylanishi bilan bog‘liq. Trampning, alyans a'zolari tashkilot byudjyeti borasida o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmasa, NATOni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi mumkinligi Britaniya mudofaa vazirining xavotirlariga sabab bo‘lmoqda. 

Britaniya hukumatidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Trampning prezident sifatida saylanishi NATO a'zolariga mudofaa xarajatlarini oshirishni so‘rab murojaat qilishi uchun Britaniyaga turtki bergan. Oq uyning hozirgi ma'muriyati, NATO byudjyetiga boshqa a'zo davlatlarga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratishga tayyorligini izhor qilib kelgan edi. Biroq, Amerikaning yangi rahbariyati bu vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid