AQŞning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Suriyada AQŞ ağdarib taşlamoqçi bölgan prezident Başar Asad bilan emas, IŞID bilan kuraşiş lozim, deb aytdi. Bu haqda Wall Street journal naşriga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Rossiya hozir Suriya bilan yaqin aloqada, bizda hozir biz sababli yanada kuçliroq bölayotgan va Suriyaga ittifoqdoş hisoblanadigan Eron bor. Endi biz isyonçilarni Suriyaga qarşi qöllab-quvvatlamoqdamiz va bizda bu odamlar kimligi haqida tuşunça yöq. Agar AQŞ Asadga hujum qilsa, bu Rossiya bilan kuraşga olib keladi", deb aytdi Tramp naşrga bergan intervyusida.
Tramp Suriyadagi sa'y-harakatlarni tuzumni ağdarişga emas, terrorçilikka qarşi kuraşişga qaratiş kerakligini aytdi.
Tramp intervyusida 8 noyabrdagi saylovlardan keyin u Rossiya prezidenti Vladimir Putindan maktub olganini aytib ötdi. Trampning aytişiça, maktub ajoyib bölgan. Tramp şuningdek yaqin orada Putin bilan telefon orqali muloqot qilişni rejalaştirayotganini qöşimça qildi.












