Yunusobod tumani boş imom-xatibi, Toşkent Islom Instituti öqituvçisi, «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov islom dinidagi kiyiniş madaniyati haqida maqola yozdi.
Libos bu – Allohning Öz bandalariga ato etgan tengsiz ne'matlaridan biri desak mubolağa qilmagan bölamiz. U insonni issiq-sovuqdan saqlaydi, avratlarini berkitadi va kişiga ziynat bölib xizmat qiladi.
Alloh taolo şunday marhamat qiladi «Ey Odam bolalari, darhaqiqat, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan libosini ham nozil qildik. (Hammasidan) yaxşiroq libos taqvo libosidir» (A'rof surasi: 26-oyat).
Uşbu oyati karimada Alloh taolo insonlarga avratlarini berkitadigan hamda ularga ziynat böladigan har turli liboslarni yaratib bergani, ularga bu narsalarni biçiş, tikiş va tayyorlaş uçun imkon berganini «nozil qildik» degan söz bilan eslatar ekan, avratlarni mazkur liboslar ila tösişga amr etmoqda.
Avrat örinlari erkaklarda kindikdan tizzagaça bölgan joyni öz içiga oladi. Demak, mazkur joylarni berkitiş vojibdir. Imom Ahmad özlarining «Musnad» nomli hadis töplamlarida rivoyat qilişlariça, Jarhad ismli sahobiy sonini oçib turgan paytda Nabiy alayhissalom uning yonidan ötib qoldilar va «Ey Jarhad, soningni yop(!), zero, son avratdir», dedilar.
Mazkur hadisi şarifni hujjat qilib aksar ulamolar, jumladan, Hanafiy mazhabi ulamolari son avratdir, deydilar. Şunday ekan, kişi eng kamida özgalarga badanining mazkur joylarini oçiq holda körsatmasligi lozim. Aks holda gunohkor böladi.
Islom dini mukammal şariat bölgaç, unda barça narsaning odobi va madaniyati mufassal tarzda bayon qilib berilgan. Şu jumladan dinimiz ta'limotida kiyiniş madaniyatining ham öziga xos odoblari mavjud bölib, quyida ular haqida qisqaça söz yuritamiz.
1. Libos insonning terisini körsatadigan darajada yupqa va şaffof bölmasligi lozim.
2. Tor bölmasligi. Ba'zi liboslar terini körsatadigan darajada yupqa bölmasada ammo, avrat yerlarining şaklini körsatib qöyadigan darajada tor böladi. Bu ham mumkin emas.
3. Erkak kişi kiyinişda özini ayollarga öxşatib olmasligi yoki aksinça, ayol erkakça kiyinmasligi lozim. Imom Buxoriy özlarining «Sahih» töplamlarida Abdulloh ibn Abbos (raziyallohu anhumo)dan rivoyat qilgan hadisi şarifda şunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (kiyinişda) özini ayollarga öxşatadigan erkaklarni va erkaklarga öxşab kiyinadigan ayollarni la'natladilar».
















