Şu haftada, Transtinç okeani hamkorligini taşkil etiş böyiça kelişuvni imzolagan 11 mamlakat yetakçilari Peru poytaxti Lima şahrida AQŞ prezidenti Barak Obama bilan maxsus uçraşuv ötkazişadi. Muloqot Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti doirasida taşkil etiladi. Unda xalqaro savdo birlaşmasining kelgusi taqdiri muhokama qilinadi. Bu haqda, OTIH kotibiyati ijroçi direktori Alan Bollard The Straits Times naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, "TTH kelişuvini ratifikatsiya qiliş böyiça muddat belgilanmagan. Biroq, unda AQŞ iştirok etmasa, kelişuvni amaliyotga tatbiq etib bölmaydi". Şunga qaramay, "garçi muzokaralardan barçada çarçoq alomatlari kuzatilayotgan bölsa-da, kelişuvning ayrim bandlari özgartirilişi ham mumkin". Bollardning ta'kidlaşiça, "TTHning taqdiri 12 davlat rahbarlari ixtiyoridadir. Ular kelişuvga yangi turtki bera olişadimi yoki u batamom barbod böladimi, vaqt körsatadi".
OTIH ijroçi direktorining aytişiça, "11 davlat yetakçilari AQŞ iştirok etmagan taqdirda ham bunday global ğoyadan voz keçişlari dargumon albatta, biroq, Vaşington iştirokisoz taşkil etilgan savdo hamkorligi miqyosi sezilarli qisqaradi".
Transtinç okeani hamkorligi böyiça kelişuv 12 davlat savdo vazirlari tomonidan joriy yil fevralida Oklendda imzolangan edi. Uşbu yirik mintaqaviy savdo birlaşmasiga Avstraliya, Bruney, Vetnam, Kanada, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, AQŞ, Singapur, Çili va Yaponiya davlatlari kirişi kerak. Biroq, AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bir neça marotaba Qöşma Ştatlar TTHda iştirok etmasligini aytgan edi.












