O‘zbekiston | 18:49 / 14.11.2016
19352
1 daqiqa o‘qiladi

Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati qisqartiriladi

Foto: Interfaks

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxati loyihasini tayyorladi. Hujjat muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e'lon qilingan.

«Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, ro‘yxatni 514 bandgacha qisqartirish (joriy yil qabul qilingan amaldagi ro‘yxatda — 1169 dori vositasi) taklif qilinmoqda. Jumladan, ro‘yxatga 192 monopreparat (hozirda — 186) va 322 kompleksk dori vositasi (983) kiritilgan.

Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxati tuzilishi O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 31 oktabr kuni qabul qilingan «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid