Soğliqni saqlaş vazirligi «tibbiyot amaliyotida eng köp qöllanayotgan» retsepsiz beriladigan dorilar röyxatini e’lon qildi.

Qayd etilişiça, hozirga kunda 1846 turdagi retsepsiz beriladigan dori vositalari davlat röyxatidan ötgan bölib, vazirlik matbuot xizmati keltirgan jadvalda tibbiyot amaliyotida eng köp qöllanayotgan dorilar keltirilgan.

Röyxatdan allergiyaga qarşi vositalar, şamollaş va ÖRV kasalliklarini davolaş uçun dorilar, jiğildon qaynaşini davolaş uçun vositalar, vitaminlar va polivitaminlar, surgi vositalari, oğriqni qoldiruvçi va isitma tuşiruvçi vositalar antiseptiklar örin olgan.

Xususan, paratsetamol, analgin, tsitramon, taylol, teraflyu, tempalgin va spazmalgon kabi dorilarni retsepsiz oliş mumkin. Şuningdek, röyxatda şamollaş va yötalga qarşi sirop va tabletkalar, antigistamin vositalar (suprastin, diazolin, loratadin) va antiseptik vositalar mavjud.

Dori vositalarini (retsept bilan yoki usiz) beriş şartlari va qoidalarini Farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligining saytida topiş mumkin.

Farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi saytidan skrinşot
Farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi saytidan skrinşot

Şu kunlarda «Elektron retsept» tizimi joriy etilgani ortidan şifoxonalarda tartibsizlik yuzaga kelgani, şifokorlar esa retsept yozolmayotgani haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. «Elektron retsept» tizimi hozir Toşkent şahri va 15 ta tumanda joriy etilgan.