2016 yilning 12 noyabr kunida Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutida Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati Özbekiston liberal demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Şukurov Elbek Habibullayeviç bilan institutda tahsil oluvçi talaba yoşlarning uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvda deputat yoşlar bilan oçiq oydin tengdoş-tengdoşga şiori ostida “Yoşlar va bugun” mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Davra suhbatida deputat Elbek Şukurov mamlakatimizda yoşlarga qaratilayotgan e'tibor jahonda yuz berayotgan turli notinçliklar va kelişmovçiliklardan xulosa çiqargan holda heç qayerga va heç qaysi yölga oğişmasdan, öz milliy tanlab olgan yölimizdan davom etişimiz hamda mamlakatimiz istiqboli yölida özimizning munosib hissamizni qöşişimiz borasida takidlab ötdi.

Şu örinda deputat 2016 yilning 14 sentabrida qabul qilingan “Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonunga ham töxtalib ötib, bu borada yurtimizda yoşlarga qaratilayotgan e'tibor, ularning 12 yillik bepul ta'lim olişlari va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yana bir qator yönalişlarda davlat muhofazasiga olinganliklari böyiça misollar aytib ötdi.

Özbekistonda yoşlarga va ularning bevosita kelajagi hamda taqdiriga boğliq bölgan 23ta qonun, 29ta prezident qaror va farmonlar, Vazirlar Mahkamasining 41ta qarori hamda 1997 yilda qabul qilingan eng muhim qonunlar bölmiş “Ta'lim töğrisida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi” çin manoda yoşlarning kelajagi davlat siyosati darajasida ekanini isbotlaşi ta'kidlab ötildi.

Davra suhbati söngida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollariga duputatdan javoblar olişdi hamda özlarining talab va takliflarini bildirişdi.