12 noyabrda jahonga maşhur aktyor, rejissyor, prodyuser va qöşiqçi Jyeki Çan kino san'atiga qöşgan hissasi uçun faxriy "Oskar" bilan mukofotlandi.
"Şunça jang, singan suyaklardan keyin u nihoyat meniki böldi", deb aytgan aktyor Los-Anjyelesda ötgan taqdirlaş marosimida.
Asl nomi Çan Kong Sung bölgan Jyeki kung-fu jangari filmlari haqida söz ketganda birinçi navbatda uning nomi tilga olinadigan, bu janrda ulkan muvaffaqiyatga erişa olgan jahon yulduziga aylandi.
Köpçilik katta yoşlilar uning "Ajdarho muşti", "Ajdarho yuragi" kabi filmlari bilan videosalonlar urf bölgan zamonlardayoq tanişişga ulgurişgan.
Keyinçalik tomoşabinlar uning "Tiğiz soat" kabi filmlarini kinoteatrlarda tomoşa qiliş baxtiga muyassar bölişgan.
Aktyorning hisobida hammasi bölib 100 dan köproq filmda ijro etilgan boş rollar bor.
Taqdirlaş marosimida Çan bilan birga hujjatli filmlar suratga oluvçi rejissyor Frederik Uayzman, montajçi Enn Kouts va kasting-direktor Linn Stalmaster ham faxriy "Oskar" bilan taqdirlanişdi.
Jyeki hozirda köproq Xitoy bozoriga işlamoqda, Xitoy hukumati esa körinişiça uning işlaridan mamnun. Çan haqiqiy mehnatkaş. 2015 yilda u iştirokida "Iz ortidan" va "Maymunlar qiroli" filmlari çiqdi, u "Kung-fu Panda-3" multfilmidagi qahramonlardan biriga ovoz berdi. Hozirda tinib-tinçimas Çan bir neçta loyiha ustida ham aktyor, ham prodyuser sifatida işlamoqda. 2015 yilda aktyor 61 mln dollar işlab topdi va bir yil avvalgidek, Forbes reytingida 2-örinni egalladi.
Quyida Jyekining "Oskar"gaça bosib ötgan uzun yöli qisqaça tarzda suratlarda havola etilgan.

Jyeki Çan öziga topşirilgan faxriy "Oskar" bilan, 2016 yil 12 noyabr

Jyeki Çan Parijda, 1981 yil
























