Angliyada "Toj durdonalari" kolleksiyasiga kiruvçii noyob maşinalar sotuvga qöyilgan auksion bölib ötdi.

Auktsion NEC Classic Motor Show avtoşousida 12 va 13 noyabrlarda bölib ötdi. 

Turli vaqtlarda qirollik oilasi a'zolari yoki maşhur şaxslarga tegişli bölgan avtomobillarning sotilişidan tuşgan umumiy mablağ 450 ming funt sterlingdan köproqni taşkil qildi.  

Jumladan marhum malika Dianaga tegişli bölgan, 1994 yilda işlab çiqarilgan va 6,5 ming km yöl bosib ötgan Audi kabrioleti 54 ming funt sterlingga sotildi. Qöşiqçi Elton Jonga tegişli bölgan Rolls-Royce Phantom maşinasi esa ançagina qimmatroqqa – 124 ming funt sterlingga sotildi.

Biroq auksionga qöyilgan hamma maşinalar ham öz xaridorini topa olmadi. Jumladan, qiroliça Yelizaveta II ga tegişli bölgan, 2012 yilda işlab çiqarilgan Bentley Mulsanne maşinasiga xaridor topilmadi. Avvalroq bu maşinaning boşlanğiç narxi 272-300 ming dollarni taşkil qilişi ma'lum qilingan. 

Foto: SILVERSTONE AUCTIONS
Foto: SILVERSTONE AUCTIONS
Foto: SILVERSTONE AUCTIONS

 

Foto: SILVERSTONE AUCTIONS