Xitoyning GAC kompaniyasi muqobil boşqaruvga ega böluvçi Enlight elektr superkarining tizerini namoyiş etdi. Uning prototipi noyabr oyi örtalarida Guançjou avtosalonida namoyiş etiladi.

Hozirça, superkar butunlay elektr agregati, muqobil boşqaruv tizimiga ega bölişi va uning barça ğildiraklari yetakçi bölişi aniq. Hozirça, superkarni seriyali işlab çiqariş imkoniyati haqida söz borayotgani yöq. 

Ta'kidlaş joizki, GAC Xitoyning elektr superkarini işlab çiqqan ilk kompaniyasi bölmaydi. Misol uçun, BAIC firmasi şu yilning aprel oyida Pekin avtosalonida özining ArcFox-7 elektromobilini namoyiş etgandi. 603 ot kuçiga ega motor örnatilgan kupe 3 soniyada «yuz»ga çiqa olişi qayd etilgan. Uning eng yuqori tezligi soatiga 260 kmni taşkil etadi. 

Noyabr oyi oxirida Xitoyning yana bir kompaniyasi NextEV elektrli giperkarini taqdim etişi kutilayapti. Uning kuç agregati quvvati 1 mVtni taşkil etişi, 1360 ot kuçiga ega bölişi aytilmoqda. Uning eng yuqori tezligi soatiga 300 kmdan oşadi.