«Mançester Yunayted»ning armanistonlik yarimhimoyaçisi Genrix Mxitaryan klubning asosiy tarkibi uçun kuraşda davom etişini aytib ötdi. Uning sözlari Armaniston futbol federatsiyasi saytida keltirilgan.

«MYu»ga ötişi sabablari haqida

Men Germaniyada ajoyib 3 mavsumni ötkazdim va dunyoning eng kuçli ligasiga, dunyoning eng nomdor klublaridan biriga ötiş imkoniyatiga ega böldim. Otam hamişa meni bunday çaqiriqlarni qörqmay qarşilaşga örgatgan. Men «MYu»ga ötiş qarorini faoliyatimning navbatdagi bosqiçi sifatida qabul qildim.

«Mançester Yunayted»ga ötişimda katta maoş asosiy örin tutmagan. Buning futbolça sababi bor: klubning şonli tarixi, muxlislar va dunyoning eng kuçli murabbiylaridan biri bilan birga işlaş köproq öziga jalb qilgan.

Angliyadagi qiyinçiliklar haqida

Bu yerda quyoş kam çiqadi, ammo men Mançesterga plyajda yotiş uçun kelmaganman (kuladi). Men şaharga moslaşa oldim, çunki bu yerda odamlar menga döstona munosabatda bölişadi. Mançester – harakat töxtamaydigan şahar va men bu yerda yaşaşdan xursandman.

Menga hozir faqat öyin amaliyoti yetişmayapti, lekin kelgusida bu ham böladi. Men tinimsiz öz ustimda işlayapman va bu öz samarasini berişiga işonaman.

Asosiy tarkibga kira olmayotgani haqida

Men qattiq ranjiyotganim yöq, bu ham faoliyatimning bir bosqiçi. Men heç qaçon töxtamayman va taslim bölmayman. Yölimda tösiqlar çiqqanida bu tösiqlarni oşib ötaman va maqsadga yetişmagunça yölimni davom ettiraman.

Hozirda menda öyin amaliyoti yetarli bölmayapti, özimni körsatişga imkon bölmayapti. Şunday ekan men murabbiylar ştabi menga e'tibor qaratişi uçun qölimdan keladigan barça işni qilişim lozim.

Men «Mançester Yunayted»da muvaffaqiyatga erişişimga işonaman. Men barçaga bu jamoaning va bu liganing yetakçi futbolçisi böla olişimni körsatib qöyişni istayman.

Mxitaryan «MYu»ni qişdayoq tark etişi mumkin