Respublikaçi-milliarder Donald Tramp va Mayk Pens yaqin orada Oq uyga köçib ötişadi. Biroq ularning saylovlardagi ğalabasi fonida AQŞ prezidenti Barak Obama va mamlakat vitse-prezidenti Jo Baydenning memlari internet xitiga aylanib bormoqda. Bu haqida Borepanda naşri xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Obama va Baydenning suratlarini çop etib, ularga yangi saylangan davlat rahbari bilan boğliq öylab topilgan dialoglarni qöşişmoqda.
Memlarning aksariyati Baydenning Tramp "ustidan kulişi"ga, Obamaning esa uni töxtatişga "urinişi"ga bağişlangan.
Suratlardan biri ostida şunday dialog berilgan:

Bayden: Men barça közgularni olov rangga böyadim.
Obama: Nima?
Bayden: U özini köra olmaydi.
Obama: Jo...
Bayden: U özini vampir deb öylab qoladi.

Yana bir ajoyib memlardan biri köpçilikka manzur bölgan körinadi. Unda Obama Baydenga "Tramp bizning keyingi prezidentimiz", deb aytadi. U esa bunga javoban çöqinib qöyadi.

Bu memga qaraganda, Bayden Trampning ma'muriyatiga Oq uydagi Wi-Fi kodini aytiş niyati yöq. Obama uni fikrdan qaytarmoqçi bölib oğiz juftlaganida, Jo "Men aytadiganimni aytib böldim", deydi qat'iyat bilan.

Memlardan birida Bayden Obamaga idorada Meksika bayroğini çizişni rejalaştirayotgani aytadi. Obama "Yöq, Jo", desa, Bayden "Men allaqaçon rasmga buyurtma berib bölganman", deya javob qaytaradi.












