Rossiya Tergov qömitasi mamlakat iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayevni hibsga oldi, deb xabar qilmoqda qömita vakili Svetlana Petrenko.

"Davlat lavozimini egallab turgan Aleksey Ulyukayevning qölga olinişiga 14 noyabr kuni vazirlik tomonidan "NK "Rosneft" OAJ tomonidan "Başneft" ANK" OAJning 50 foiz aksiyasini xarid qiliş paketini ma'qullaşi uçun 2 mln dollar pora olgani sabab böldi", - degan Petrenko. 

"Yaqin orada vazirga nisbatan ayblov e'lon qilinadi va uni hibsda saqlab turiş böyiça çora köriladi", - degan TQ vakili. 

Uning sözlariga köra, Ulyukayev pora olayotgan vaqtda, dalillar bilan birga uşlangan. 

"Gap "Rosneft" vakillariga tahdid qiliş bilan birga pora ta'magirligi haqida bormoqda. Ulyukayev porani olayotgan vaqtda uşlandi", - deya aniqlik kiritgan Petrenko. 

"Rosneft" tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi boşqaruvidagi "Başneft"ning 50,08 foiz aksiyasini xarid qilişi davlat aktivlarini xususiylaştiriş dasturi doirasida amalga oşirilgan edi. "Rosneft" uşbu kompaniya nazorat paketi uçun 329,69 mlrd rubl mablağ tölagan.