Özbekiston hukumatining 2016 yil 9 noyabrida «Surxondaryo viloyatida dehqon xöjaliklarining imkoniyatlaridan samarali foydalanişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori asosida Surxondaryo viloyatida MÇJ körinişida agrofirmalar taşkil qilinadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida ma'lum qilingan.

Bunday firmalar 2016 yilning 10 dekabrigaça taşkil qilinişi közda tutilgan. Bunday firmalar viloyatning har bir tumanida mavjud böladi. Ularning faoliyati «Özagroeksport», Kiçik biznes eksport fondi va Milliy bankning Toşkent şahri bölimlari tomonidan qöllab-quvvatlanadi.

Ularni rivojlantiriş uçun, taşkil qilinganidan keyin 1 oyi içida har bir agrofirma faoliyatini yuritiş uçun kamida 2 milliard sömdan mablağ ajratiladi.

Agrofirmalar faoliyati turli yönalişlarga qaratilgan bölib, ular yer va mehnat resurslaridan samarali foydalaniş uçun dehqon xöjaliklari bilan çambarças boğlangan holda faoliyat yuritişadi.

Agrofirmalar dehqon xöjaliklariga içki va taşqi bozorlarda talab katta bölgan meva-sabzavot mahsulotlari işlab çiqariş buyurtmalarini topşiradi. Şuningdek, ular dehqon xöjaliklarini uruğ va köçatlar, mineral öğitlar bilan ta'minlaşadi.

Agrofirmalar meva sabzavot mahsulotlarini tayyorlaş, navlarga ajratiş va qadoqlaş bilan, hamda issiqxonalar, sovutgiç kameralari va mahsulotlarni qayta işlaş sexlari quriş bilan ham şuğullanadi.

Agrofirmalar hududda yetiştirilgan qişloq xöjalik mahsulotlarini Respublika va xorij mamlakatlar bozorlarida sotiş bilan ham şuğullanadi.