Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan keyingi yili mamlakatda Yevropa Ittifoqiga kiriş masalasida umumxalq referendumi ötkazilişi mumkinligini aytib ötdi. U bu haqida bugun Anqarada qilgan çiqişi çoğida gapirgan.
"Siz şuni istayotgan bölsangiz, bizga muzokaralarni töxtatiş kerakligini aytişingiz mumkin. Buni tezroq hal qiliş kerak. Men boş vazir va hukumat vakillari şohidligida aytişim mumkinki, biz yil söngiga qadargina sabr qila olamiz, keyin esa xalqqa yuzlanamiz (referendum masalasi - tahr. TASS)", - degan u.
Siyosatçining sözlariga köra, "YeI özi bergan va'dalarni bajarmayapti va özini tuturiqsiz tutmoqda".
Turkiyada ölim jazosi qayta tiklanişi ehtimoli haqidagi savolga Erdöğan avval ham aytgan fikrini tasdiqlab javob qaytargan.
"Agar qonun loyihasi parlament tasdiğidan ötsa, u imzolanadi. Ammo bu borada asosiy gapni xalq aytadi. Bu xalq taqdiri Ğarb qölida emas", degan turkiyaliklar yetakçisi.
Bundan bir kun oldin Yevroparlament raisi Martin Şults Anqara agar ölim jazosini tiklasa, qizil çiziqni bosib ötişi va heç qaçon YeIga a'zo böla olmasligi haqida gapirgandi.
"Agar Turkiya ölim jazosini qaytarsa, taşkilotga a'zo bölib kiriş böyiça muzokaralar töxtatiladi", - deya qayd etgandi u.
Qayd etiş kerakki, Turkiyada ölim jazosini tiklaş masalasi mamlakatda 16 iyulga ötar keçasi bölib ötgan davlat töntarişiga urinişdan keyin yuzaga keldi.












