Amerikalik Gay Nyumark özining Porsche 356 avtomobilida 1 million mil (1,6 million km) yurişga muvaffaq böldi. U kupedan har kungi ehtiyoji uçun foydalansa-da, avtomobil özining ajoyib texnik holatini saqlab qolgan. Uşbu maşinaning bir million milni bosib ötişiga oid videolavha Porsche kompaniyasining YouTube kanalida joylaştirilgan.
Porsche 356 rusumli sportkar 1960 yilda işlab çiqilgan. Uni Gayning otasi maşinaning avvalgi egasidan bir oygina yurgan çoğida xarid qilgan. Öşa savdodan uç oy muqaddam, avtomobil Ştutgartdagi zavod konveyeridan çiqqan bölgan.
Keyinçalik ota kupeni öğli Gayga kollejni tamomlagani munosabati bilan hadya qilgan. Şundan boşlab, Gay uşbu transport vositasidan foydalanib keladi. Hozirda, Gay Nyumark har uç ming milda (4,8 ming km) sevimli maşinasini texnik körikdan ötkazib turadi.












