Hindiston taşqi işlar vaziri Suşma Svaraj buyrak yetişmovçiligi taşxisi bilan gospitalda yotgani va buyrak köçirib ötkaziş imkoni böyiça tekşiruvdan ötayotgani haqida xabar berdi. Bu haqida PTI agentligi Hindiston tibbiyot fanlari institutidagi manbasiga asoslanib, ma'lum qildi.
Manbaga köra, Svaraj sönggi 20 yilda diabetdan aziyat çekib keladi, bu esa buyraklar faoliyatiga ta'sir körsatmay qolmadi.
"Men buyrak yetişmovçiligi sabab AIIMS'ga joylaşdim. Hozirgi vaqtda dializ uskunasidaman. Buyrak köçirib ötkaziş böyiça testdan ötyapman", - deb yozdi vazir özining Twitter'dagi sahifasida.
Suşma Svaraj hukmron "Janat Parti Bxartiyasi" partiyasining yetakçi siyosiy arbobi hisoblanadi. U özining siyosiy faoliyatini talabalik yillaridayoq boşlab yuborgan, 25 yoşida Xaryan ştati hukumati tarkibiga kirişga muvaffaq bölgan. Bir neça marotaba mamlakat parlamentiga saylangan, 1998 va 2000-2004 yillarda hukumat tarkibida bölgan.
2014 yilda Suşma Svaraj taşqi işlar vaziri etib tayinlangan.

















