AQŞ prezidentligi uçun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton özining asosiy siyosiy raqibi, endilikda mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni 1 mln ovoz bilan ortda qoldirmoqda. Garçi, Klinton xonim, mağlubiyatini tan olgan bölsa-da, unga Trampga nisbatan 1 mlndan ortiqroq saylovçi ovoz bergan, deb yozadi Politico naşri.

Saylovçilar ovozlarini dastlabki hisoblaş natijasiga köra, Klinton 61,963,234 ovoz töplaşga muvaffaq bölgan, Trampga 60,961,185 nafar saylovçi işonç bildirgan. Ayni vaqtda Yuta, Kaliforniya va Vaşington ştatlarida ovozlarni sanaş işlari davom etmoqda. Miçigan ştatida ovoz beriş yakunlari e'lon qilinmagan.
 
Saylov tizimining bevosita emasligi tufayli, prezidentlik saylovida Donald Tramp ğalaba qozondi. Biroq, yangi saylangan prezidentning özi ham Amerika saylov tizimini nomaqbul, deb hisoblaşini yaşirmaydi. 

Eslatib ötamiz, Amerika saylov qonunçiligiga köra, saylovçilar u yoki bu nomzodni qöllab-quvvatlovçi Saylovçilar hay'ati a'zolari uçun ovoz berişadi. Ular keyinçalik öz nomzodlarini prezidentlikka saylaşadi.