Yevropa Ittifoqi Şengen hududiga kirmoqçi bölgan YeI fuqarolari bölmaganlarga elektron vizalar tizimini kiritmoqçi. Bu tizim Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartib haqidagi kelişuvga ega bölgan barça davlatlar fuqarolariga safar haqida xabardor qiliş va buning uçun haq tölaşga majbur qiladi. Bu haqda Die Welt naşri öz tahririyatiga kelib tuşgan, YeIning içki işlar, migratsiya qa fuqarolik masalalari böyiça komissari Dimitris Avramopulos muallifligidagi hujjatga iqtibos keltirgan holda xabar yozgan.
"Yevropa Ittifoqi çegaralarida röyxatga oliş va hisob yuritiş tizimi (ETIAS) uçinçi davlatlarning vizaga ehtiyoj sezmagan fuqarolarining çegarani kesib ötişini nazorat qiliş uçun möljallangan çoralardan biri böladi. Tizim YeI davlatlari hududida bölgan u yoki bu şaxs noqonuniy immigratsiya, xavfsizlik yoki jamoatçilik salomatligini qöriqlaşga xavf solmayotganini aniqlaşga imkon beradi", deb aytilmoqda hujjatda.
Avramopulus rejasiga köra, ETIAS "Yevropa Ittifoqi taşqi çegaralarini nazorat qilişdagi yetişmayotgan böğin" bölişi kerak, çunki özida ittifoqning xavfsizlik siyosati va migratsiya siyosatini birlaştiradi", deb aytilgan hujjatda.
Rejaga köra, hujjatning olinişi 10 daqiqadan köp vaqt olmasligi kerak. Bunda odatdagi şaxsiy ma'lumotlar va yaşaş manzili haqidagi axborotdan taşqari, salomatlik, sudlanganlik, deportatsiyalar va harbiy harakatlar hududida bölganlik haqidagi ma'lumotlar söraladi. Bu ma'lumotlar qayta işlanişi vaqtida Yevropa boşqarmalarining, misol uçun Yevropolning (Yevropa politsiyasi), köplab bazalariga kirişi mumkin bölişi kerak.
Ta'kidlanişiça, tizim Fransiya va Belgiyadagi teraktlardan keyin bunday hujumlarni kelajakda bartaraf etiş maqsadida yaratila boşlangan.
Yangi tizim birinçi navbatda britaniyaliklar, YeI vizasiz tartib olib boradigan davlatlar fuqarolariga tegişli böladi. Sentyabrdayoq The Guardian naşri Yevrokomissiya Buyuk Britaniya fuqarolarini Şengen hududi davlatlariga jönaşi oldidan elektron viza oliş va bunga 14 dollar haq tölaşga majburlab qöyiş imkoniyatini körib çiqayotganini ma'lum qilgandi. London YeI tarkibidan çiqqandan keyin Tumanli albionning YeIda dam oliş yoki biznes yuritişni istovçi millionlab fuqarolari ETIAS’da röyxatdan ötib, buning uçun haq tölaşlari kerak böladi.

















