Özbekistonlik hakam Ravşan Ermatov Yaponiya mezbonlik qiladigan 2016 yilgi klublar örtasidagi jahon çempionatida işlaydi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bergan.
Bu xalqaro musobaqa öyinlarini boşqarib boriş uçun har bir mintaqadan bittadan hakamlar brigadasi jalb etilgan. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)dan bahraynlik hakam Navof Şukrilla boşçiligidagi hakamlar brigadasi mazkur turnirda işlaydi. Unga qanotlarda Yaser Tulefat va Ibrohim Saloh yordamçilik qiladi.
Ravşan Ermatov uşbu hakamlar brigadasiga video takrorlar böyiça yordamçi hakam sifatida kiritilgan.
Ta'kidlaş joiz, FIFA uşbu turnirda ilk bor futbol hakamlari işini yengillaştiriş va qarorlar adolatliligini ta'minlaşni mukammallaştiriş maqsadida video takrorlar texnologiyasini amalga tatbiq qilib köradi.
Hisob böyiça 13-marta ötkazilayotgan bu turnir Yaponiyada 8 dekabr kuni boşlanadi. Final 18 dekabr kuniga belgilangan. Turnirda 6 konfederatsiya ğoliblari va mezbon jamoa qatnaşadi.












