Xitoy va Amerikaning Lucid Motors qöşma startapi özining ilk modeliga doir yangi tizerlarini namoyiş etdi. Uning Tesla Model S elektromobillariga raqobat qilişi taxmin qilinmoqda. Niqoblangan avtomobil surati elektrokarning taşqi tuzilişi va gabarit ölçamlari borasida tasavvur uyğotadi. Avtomobilni Mercedes-Benz S-Class va BMW 7-Series sedanlari örtasida suratga olişgan.
Narasmiy ma'lumotlarga köra, yuqori toifadagi elektrokar Atvus deb nomlanadi. Unga ikkita elektromotor (old va orqa öqlarga bittadan) örnatiladi. Ularning umumiy quvvati 900 ot kuçiga teng böladi. Akkumulyatorlar hajmi 87 kVt/soatni taşkil etadi.

Avvalroq, Atieva deb nomlangan Lucid Motors firmasi avtomobilning intereri va ekstereriga doir suratlarni namoyiş qilgandi. Şunday qilib, aytiş mumkinki, Atvus elektrokarining tomi şaffof, priborlar paneli töliq raqamli böladi. Bundan taşqari, muqobil boşqaruv tizimi hamda ayrim funksiyalarni ovoz yordamida boşqariş imkoniga ega böladi.
Atvus modelining taqdimoti 16 noyabrda, Los-Anjyeles avtokörgazmasida taşkil etilişi ham mumkin.

Lucid Motors startapining boş idorasi Kaliforniyada joylaşgan bölsa-da, Xitoy firmalari tomonidan moliyalaştiriladi. Xususan, sarmoyadorlardan biri LeEco konglomerati hisoblanadi. Ayni kompaniya Faraday Future elektrokarlarini ham işlab çiqaradi. Yaqin orada Lucid Motors yiliga 20 ming elektromobil işlab çiqaradigan zavodini barpo etişni rejalaştirmoqda. Keyinçalik bu raqam 130 mingga yetkaziladi.












