Germaniyaning Volkswagen avtokonserni Amerikaning ekologiya agentligi bilan 80 mingga yaqin Audi, VW va Porsche avtomobillarini xarid qiliş yoki ta'mirlaş böyiça kelişuvga erişdi. Bu kelişuv 3 litrli dizel dvigatellar örnatilgan avtomobillarga tegişlidir. Şu bilan is gazi çiqariş bilan boğliq mojaroning poyoni körinmoqda, deb xabar qilgan Bloomberg agentligi. 

Kaliforniya havo zaxiralari kengaşi va atrof muhitni muhofaza qiliş agentligi bilan erişilgan kelişuvga muvofiq, Volkswagen 60 mingga yaqin maşinani ta'mirlaş va ta'mirga yaroqsiz holga kelib qolgan 19 ming atrofidagi juda eski avtomobillarini xarid qilişga ruxsat oladi. Rejaga köra, ta'mirlanuvçi maşinalarning dasturiy ta'minoti yangilanadi, şu bilan kompaniya 4 mlrd dollarga yaqin mablağini tejab qolişi mumkin böladi. 

Bundan avval, Volkswagen sohadagi rekord darajadagi topon puli -16,5 mlrd dollar tölaşga rozi bölgan edi. 2 litrlik dizel dvigatellariga ega 500 ming maşinaning yoqilği sarfiga oid muammolarni hal etiş maqsadida şunday kelişuvga erişilgandi. Endilikda, kompaniya yirik hajmli dvigatellari borasida ham şunday kelişuvga erişişga harakat qilmoqda. 

Ötgan yili, kompaniya rahbariyati, dunyo böyiça 11 mln dizel avtomobillariga, AQŞ ekologik talablarini çetlab ötişga imkon beruvçi maxsus dastur örnatilganini tan olgan edi.