WhatsApp messenjeri iOS, Android va Windows platformalarida videoqönğiroqlar funksiyasini joriy qilmoqda. Reuters agentligining xabar berişiça, işlab çiqaruvçilar videoqönğiroqlar uçun şifrlaş texnologiyasini qöllaşdi. Xabarda şunday deyiladi:
"Yaqin kunlarda WhatsApp'ning bir milliarddan ortiq foydalanuvçilari Android, iPhone va Windows Phone qurilmalar orqali videoqönğiroqlarni amalga oşirişlari mumkin böladi. Biz uşbu yangi funksiyani qöşyapmiz, çunki matn va ovozli yozuvning özi yetarli bölmayotganini yaxşi bilamiz. Sevimli nabirasining ilk qadamlari, xorijda ta'lim olayotgan farzandining keçinmalari - bunday muhim voqealarni kuzatiş imkonini heç narsa bosa olmaydi. Biz bu funksiyalarni nafaqat qimmatbaho telefonlarni sotib olişga qurbi yetadiganlar yoki uyali aloqa köproq rivojlangan mamlakatlar uçun, balki hamma uçun birdek joriy qilmoqçimiz".
Yangi funksiyadan foydalaniş uçun çat oynasining öng tomon yuqori qismidagi kamera tasviri tuşirilgan belgini bosiş kerak. Muloqot paytida suhbatdoşlar old va orqa kameralarni faollaştirişlari mumkin böladi.
WhatsApp yaratuvçilari yana boşqa yangiliklarni ham tayyorlaşmoqda: xususan, yangi beta-versiyada ikki omilli autentifikatsiya paydo böldi.

















