Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada zilziladan ko‘rilgan ziyon 1,5 mlrd dollardan oshib ketishi mumkin
Yangi Zelandiyada 13 noyabrdan 14 noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan kuchli zilziladan ko‘rilgan ziyon 2 mlrd yangi zeland dollaridan (1,5 mlrd dollar) oshib ketadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jon Ki Newstalk ZB radiodasturiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Jon Ki bu holat uzoq muddatli istiqbolda mamlakatning iqtisodiy strategiyasiga qanday ta'sir qilishi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi, biroq tabiiy ofat "ayni vaqtda profitsitga ega mamlakat byudjyetiga shubhasiz ta'sir qilishini" tan oldi.
16 noyabrda Yangi Zelandiya milliy seysmologik xizmati GeoNet yuz bergan zilzila kuchiga berilgan dastlabki bahoni qayta ko‘rib chiqib, uni 7,5 dan 7,8 ballgacha oshirdi. "Bu juda kuchli zilzila bo‘ldi va biz odamlarni kelajakda ko‘plab qaytar zilzilalar bo‘lishiga tayyor turish kerakligidan ogohlantirishimiz lozim", deb aytdi Ki.
Zilzila markazi Janubiy orolida bo‘lgan, biroq kuchli zilzilalar Shimoliy oroli janubida, zilzila markazidan 220 km uzoqlikda joylashgan mamlakat poytaxti Vellingtonda bilinmoqda. Hanuzgacha bu yerda 60 ta bino yopiq qolmoqda, chunki ular qulab tushishi xavfi bor. Shu sababli poytaxtni orolning seysmik faollik yuqori bo‘lmagan shimoliy qismiga (Oklend) ko‘chirish bo‘yicha bahslar yana avj olmoqda.
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025