NATO tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini yölga qöyiş uçun 2014 yil mayida Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida oçgan byurosi yopiladi. RIA Novosti agentligi byuro xodimlariga asoslanib xabar berişiça, taşkilot vakolatxonasi 2017 yil aprelida yopiladi.
«Toşkent şahridagi hududiy ofis 2017 yilning 31 martigaça faoliyat körsatadi, şundan keyin Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar Bryussel şahridan turib töğridan-töğri yölga qöyiladi», — deya aniqlik kiritgan manba.
Bundan oldinroq, ofis rahbari Rozariya Pulizi vakolatxona yopilişi haqida ma'lum qilgan, bu siyosiy sabab tufayli emas, 2017 yilgi byudjyetning qayta körib çiqilişi sababli röy berişini aytib ötgandi.
«NATOning Markaziy Osiyo va Afğonistonda bölişi ilgarigidek muhim ahamiyatlidir. Şeriklik dasturi ruhida tinçlik örnatiş uçun Markaziy Osiyodagi har bir hamkorimiz faoliyat va hamkorlikni rivojlantiriş borasida öz huquqiga ega», — degandi u.












