AT-sektorining yetakchi mahalliy va dunyo ishbilarmonlari – AT mutaxassislari, energetiklar, innovatsion biznes egalari va yirik sanoat korxonalari vakillari, shuningdek intellektual tizim ishlab chiqaruvchilari, integratorlar, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilari va axborot xavfsizligi mutaxassislari ikkinchi marta Toshkentda to‘planishadi.
Ucell mobil aloqa operatori 25 noyabr kuni O‘zbekistonda M2M (Machine-to-Machine) rivojiga bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro konferensiyasini o‘tkazadi. Mazkur konferensiya maqsadlari: M2M texnologiyalar qo‘llanuvchi biznes jarayonlar rivoji va optimallashuvi muhokamasi, dunyoning asosiy trendlari tahlili, masalan, “Internet buyumlar” konsepsiyasi, shuningdek tobora mashhur bo‘lib borayotgan yangi “Qulay uy” texnologiyasi.
Konferentsiya doirasida ishtirokchilar M2M tizimini mamlakatimiz sharoitiga moslashtirib yaratishda xalqaro tajribani qo‘llash imkoniyatlari va variantlarini muhokama qilishadi.
“Ucell kompaniyasi M2M texnologiyalariga mamlakat taraqqiyoti uchun strategik ahamiyatga ega texnologiyalar kabi munosabatda bo‘lib, mahalliy bozorda yetakchi pozitsiyalarni egallaydi. Ucell tariflarning hamyonbopligi bo‘yicha biznes uchun taqdim etilayotgan M2M-yechimlar segmentida ham yetakchilik qiladi, shuningdek mazkur sohadagi bilim saviyasini oshirib, ta'lim dasturlarini o‘tkazadi. Biz ikkinchi marta ana shunday keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazayotganimizdan juda xursandmiz va umid qilamizki, ishtirokchilar O‘zbekistonda M2M texnologiyalarni rivojlantirishga doir barcha kerakli ma'lumotlarni olishadi”, - deya ta'kidladi departamentning biznes yechimlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha direktori Alisher Hamidov.
Ucell kompaniyasi tomonidan o‘tgan yili tashkil etilgan “Kelajak allaqachon shu yerda” nomli ilk M2M konferensiyasi mutaxassislar va matbuot vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Birinchi konferensiya doirasida platformalar ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi.
M2M texnologiyalari haqida
Biznes va oddiy foydalanuvchi uchun innovatsion, qulay va foydali M2M texnologiyasi qurilmalarning bir-biri bilan inson ishtirokisiz axborot almashish imkonini beradi. Dunyo bozorlarida bugungi kunda bu texnologiyalarni qo‘llashda yuksak samaradorlik kuzatilmoqda, ayniqsa sog‘liqni saqlash, logistika, savdo-sotiq, xavfsizlik bilan ta'minlash, to‘lov tizimlari kabi sohalarda, shuningdek “aqlli uy” toifasidagi loyihalar, “elektron hukumat”ni tashkillashtirish, energiya resurslarini nazorat qilish.















