Jamiyat | 16:07 / 17.11.2016
9980
3 daqiqa o‘qiladi

"Vatanparvar" tashkilotining 25 yilligi munosabati bilan o‘q otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining 25 yilligi munosabati bilan tizimdagi barcha tashkilotlarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar "Vatanparvar" tashkiloti tasarrufidagi O‘quv sport texnika klublarida faoliyat yurituvchi ishchi xodimlar o‘rtasida sportning "O‘q otish" turi bo‘yicha ayollar va erkaklar orasida musobaqa o‘tkazildi.

So‘ngra tadbir tashkilotchilaridan Toshkent shahar "Vatanparvar" tashkiloti Kengashi rais o‘rinbosari Anvar Hamidovich so‘zga chiqib, musobaqa ishtrokchilariga omad tiladi va chempionatni ochiq deb e'lon qildi. Tadbir qatnashchilari o‘rtasida qizg‘in muzokaralar o‘tkazildi.

Xodimlar o‘zlarining bor mahoratlarini namoyish etishdi, o‘z tumanlarining sharafini himoya qilish uchun astoydil xarakat qilishdi. “O‘q otish” sport turi kishidan kuch va abjirlikni, shu bilan bir qatorda o‘ta ziyraklikni ham talab etadi. 

 

Jamoalar o‘rtasidagi natijalar quydagicha:
1-o‘rin   Yunusobod O‘quv sport texnika klubi
2-o‘rin   Mirobod O‘quv sport texnika klubi. 
3-o‘rin   Sirg‘ali O‘quv sport texnika klubi.

 

Ayollar o‘rtasidagi natijalar:                   
1-o‘rin        Ahmedova Dilnoza.    Yunusobod O‘quv sport texnika klubi.
2-o‘rin      Xashimova  Linara.      Uchtepa O‘quv sport texnika klubi.
3-o‘rin        Razokkova Nodira .    Toshkent shahar  ”Vatanparvar” tashkiloti.

 

Erkaklar o‘rtasidagi natijalar:                   
1-o‘rin      Temirov Fazliddin.   Sirg‘ali O‘quv sport texnika klubi.
2-o‘rin      Qodirov Iskandar.      Mirobod O‘quv sport texnika klubi.
3-o‘rin      Irmatov Behzod.          Shayhontohur O‘quv sport texnika klubi.

G‘oliblar esdalik sovg‘lari va diplom bilan taqdirlandi.

Shahnoza Tojiddinova

Mavzuga oid