AQŞ Kongressi Vakillar palatasi Eronga Boeing samolyotlarini sotiş va ularni lizingga berişni taqiqlovçi qonunni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. Respublikaçilar partiyasi tomonidan tayyorlangan hujjatni 243 nafar deputat ma'qullagan, 174 nafari qarşi çiqqan.
«Amerika soliq tölovçilari, bank tizimi dunyodagi eng yirik terrorizm homiysiga samolyotlar xarid qilişda yordam bermasligi kerak», — degan respublikaçilarning Palatadagi a'zosi Bob Dold.
Endilikda, qonun loyihasini Senat muhokama qilişi kerak. Bu yerda Respublikaçilar partiyasi vakillari aksariyatni taşkil etadi. Şundan söng, u imzolaş uçun AQŞ prezidentiga taqdim etiladi.
Iyun oyida Amerikaning Boeing korporatsiyasi Eronning Iran Air davlat aviakompaniyasi bilan dastlabki kelişuvga erişgan edi. Bu bitim, savdo sanksiyalari bekor qilinganidan söng, Eron va Amerika işlab çiqaruvçisi örtasidagi eng yirik kelişuvlardan biri bölişi kutilayotgandi. Islom respublikasi transport vaziri Abbos Ohundiy bitimni 25 milliard dollarga baholagan edi.












